Rivojlanish strategiyasi:

Korxonamizning strategik rivojlanish rejasi – «Next Generation Product» AJ xorij korxonasini tovar bozorlarini diversifikatsiya qilish va mahsulot yetkazib berishni ishonchliligini taminlash, ishlab chiqarish jarayonlariga ilmiy texnologik saloxiyat va imkoniyatlarni jalb qilgan holda gaz plitalar ishlab chiqaruvchilar orasida yetakchi o‘rinlarini egallashiga erishishdir.
Mahsulotning keng turdagi assortimenti xar qanday talabchan mijoz talablarini qanoatlantirishga, korxonada joriy etilgan sifat nazorati tizimi va ISO 9001 boshqaruv tizimini sertifikati bilan tasdiqlangan boshqaruv tizimi esa korxonaning istiqbolda katta yutuqlarga erishishiga imkon beradi.
Yo‘lga qo‘yilgan logistika va maxsulot eksporti tizimi buyurtmachilarning talabiga muvofiq maxsulot yetkazib berish imkonini beradi. Korxonamiz mavsumiylikdan va har qanday xatarlarga qaramasdan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga va kelishilgan mahsulotni yetkazish berishni kafolatlaydi.

«Next Generation Product» AJ xorij korxonasining ustuvor jihatlaridan biri – uning ham ichki bozorga, ham tashqi bozorga maxsulot yetkazib berishi hamda keng tarmoqli hamkor korxonalarga ega ekanligidir.
Tovar bozorlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatmoqdaki, yetarlicha mahsulot ishlab chiqarish xajmiga erishmagan, ishonchli xamkor tashkilotlar tizimiga ega bo‘lmagan korxonalar boshqa kuchliroq korxonalarga qo‘shilib ketgan yoki tanazzulga yuz tutgan.
Korxona strategiyasi dunyoning yetakchi kompaniyalari tomonidan qo‘llanilayotgan uslubda ishlab chiqilgan bo‘lib, 5 unsurdan iborat. Bular:

  • O’sish;
  • Tovar bozori;
  • Operatsion samaradorlik;
  • Hamkorlik;
  • Amalga oshirish mexanizmlaridir.

Birinchi unsur – O‘sish:

Korxona ishlab chiqarish hajmlarini doimiy o‘sishini taminlash orqali kuchli raqobatga bardosh berish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga va tovar bozoridagi ulushini saqlab qolish va oshirib borishga erishish.

Ikkinchi unsur – Tovar bozorlari:

Bu «temir»dan «ilmiy asoslangan mahsulotlar»ga o‘tishga erishish, ishlab chiqarish jarayonlariga eng yangi ilm-texnika yutuqlarini joriy etish, doimo yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy etish, ularni yaratishda faol qatnashishdan iborat.

Uchinchi unsur – Operatsion samaradorlik:

Korxona faoliyatini samaradorligini taminlash, eng avvalo uning aktivlarini qadrsizlanishini oldini olish, ishlab chiqarish va mahsulot sotishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni oldini olish, bunda dunyoning yetakchi kompaniyalari tomonidan keng qo‘llanilayotgan usul va mexanizmlardan keng foydalanish, xavflarni minimallashtirish orqali mablag‘ aylanmasi samaradorligini taminlashdan iborat.

To‘rtinchi unsur – Hamkorlik:

Korxona o‘z faoliyatini rivojlanishi uchun doimo ishonchli hamkorlar zarurligini etirof etadi. Hamkorlar nafaqat korxona mahsulotini sotib oluvchi yoki sotuvchilar, balki korxonaning barcha xodimlari, yakuniy istemolchilar xamdir. Ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va turli xil vositalar orqali hamkorlik qilish orqali korxona faoliyatini o‘sishini taminlashga erishiladi.

Beshinchi unsur: amalga oshirish mexanizmlari:

Bu unsur o‘zida strategik tashabbuskorlikni jam qilib, yuqorida ko‘rsatilgan unsurlarni joriy qilishni bildiradi. Har qanday tashabbus etiborsiz qolmasligi asosiy masalalardan biridir.